AQSh vizasi uchun DS-160 anketasini to‘ldirish

DS-160 anketasini to‘ldirish, AQSh elchixonasidagi suhbatga yozilish va suhbatga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yordam beramiz.

Hujjatlaringizni tayyorlash jarayonida vaqtingizni tejang va ortiqcha tashvishlardan xalos bo‘ling.

Xizmatlarimiz

DS-160 Yordam — AQSh vizasiga murojaat qiluvchilar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va suhbatga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yordam xizmati.
Biz quyidagi xizmatlarni taklif etamiz:
✓ DS-160 anketasini to‘ldirish.
✓ Elchixonadagi suhbatga yozilish.
✓ Suhbat uchun ertaroq bo‘sh sana izlash.
✓ Suhbatga individual tayyorgarlik.

Nega aynan bizga murojaat qilishadi?

Biz uchun eng muhimi — aniqlik, mas’uliyat va ishonch.
✓ Individual yondashuv — har bir murojaatchining holatini alohida ko‘rib chiqamiz.
✓ Vaqtingizni tejaymiz — murakkab anketani to‘ldirish va ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yordam beramiz.
✓ Shaffof xizmat — xizmatlarimiz va ularning narxlari haqida oldindan ma’lumot beramiz.
✓ Onlayn qulaylik — xizmatlardan masofadan turib foydalanishingiz mumkin.

DS-160 anketasini to‘g‘ri to‘ldirish nega muhim?

DS-160 — AQSh noimmigratsion vizasiga murojaat qilishda to‘ldiriladigan asosiy elektron anketadir. Unda shaxsiy ma’lumotlar, ish faoliyati, ta’lim, sayohat tarixi va boshqa muhim savollarga javob beriladi.
Anketa ingliz tilida bo‘lgani va ayrim savollar batafsil ma’lumot talab qilgani sababli, uni mustaqil to‘ldirish hamma uchun ham oson emas.
Noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki bir-biriga zid ma’lumotlar qo‘shimcha savollar, tuzatishlar va ayrim hollarda viza jarayonida muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
DS-160 Yordam siz taqdim etgan ma’lumotlar asosida anketani to‘ldirishga, savollarni tushunishga va javoblaringizni tekshirishga yordam beradi.
Anketangizni to‘ldirishda yordam kerakmi? Biz bilan bog‘laning!

Mobirise Website Builder

Xizmat qanday amalga oshiriladi?

1

Biz bilan bog‘laning

Telegram orqali murojaat qiling va sizga qanday yordam kerakligini ayting.
2

Kerakli ma’lumotlarni tayyorlang

DS-160 anketasi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
3

Anketani to‘ldirish

Siz taqdim etgan ma’lumotlar asosida DS-160 anketasini tayyorlaymiz.
4

Ma’lumotlarni tekshirish

Yuborishdan oldin javoblaringizni tekshirasiz va tasdiqlaysiz.
MIJOZLAR FIKRI
Usmanova G.

2009 yil dan beri shularga murojat qilaman, biror marta razocharovaniye bomagan. Ishligisi doim a'lo darajada, o'z ishini ustalari.
Xizmatdan qoniqish darajam: 10/10
Boshqa murojaatchilarga tavsiyam:
Hujjatlarizni bemalol ishonib topshirishuz mumkin

Tashho'jaev M.

Anketani to‘ldirish jarayoni, muloqot va ko‘rsatilgan xizmat haqida fikrim:
DS-160 Yordam xizmatidan juda mamnun qoldik. Men va rafiqam butun jarayon davomida ko‘rsatilgan e’tibor, samimiy munosabat va professionallikdan juda xursand bo‘ldik. Barcha savollarimizga batafsil javob berildi, jarayon esa tez, tushunarli va qulay tarzda tashkil etildi. Bizga ko‘rsatilgan yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun katta rahmat!
Xizmatdan qoniqish darajam: 10/10!
Barcha jihatlari bo‘yicha a’lo darajada.
Albatta, barchaga tavsiya qilaman! AQSh vizasi uchun anketasini to‘ldirish va suhbatga yozilishda ishonchli, mas’uliyatli va professional xizmat

Ko‘p beriladigan savollar

Xizmat narxi — 400 000 so'm. AQSh vizasi uchun konsullik yig‘imi ushbu narxga kirmaydi.

Ha, xizmat masofadan turib ko‘rsatiladi.

Yo‘q. Viza berish bo‘yicha qarorni faqat AQSh konsullik xodimi qabul qiladi.

Bo‘sh sanalar mavjudligi o‘zgarib turadi. Ertaroq sana topilishi kafolatlanmaydi.

Bog'lanish

DS-160 anketasini to‘ldirish yoki boshqa xizmatlarimizga buyurtma
berish uchun biz bilan bog‘laning.

Telegram

DS-160 va boshqa xizmatlarimizga buyurtma berish uchun Telegram orqali murojaat qiling.

Telefon

Dushanba - Juma 09:00 - 18:00

© Copyright DS-160 anketa to'ldirish xizmati - All Rights Reserved

‌

Website Builder Software